Blog haqida

Bir kuni tasodifan Robert Kiyosakining “Boy ota, Kambag’al ota” kitobini internetda ko’rib qoldim va uni o’qib chiqdim. U kitobni o’qib odam pul uchun emas, pul odam uchun ishlashi kerakligini tushunib yetdim. O’sha kundan e’tiboran pul uchun ishlashni to’xtatishga va pulni men uchun ishlashga majbur qilishga harakat qilishni boshladim. Bu borada ko’p kitoblar o’qiyapman, foydali videolar ko’rayapman, internetda kurslarga qatnashayapman va boshqa muvaffaqiyatli insonlarni kuzatib borayapman. Xullas pulni men uchun ishlashga majbur qilishga kerakli barcha bilimlarni olishga harakat qilayapman va bu bilimlarimni sizlar bilan ulashaman. Buning sababi kimningdir biznes boshlashiga yoki moliyaviy erkinlikka erishishiga sababchi bo’lsam juda xursand bo’laman, pallaning ikkinchi tomoni esa O’zbekistonimizda boylar qancha ko’p bo’lsa yurtimiz shuncha zo’r bo’ladi va gullab yashnaydi. Boylar ko’p joyda nima oson bo’ladi? Albatta, pul ishlash oson bo’ladi.

G’ofur Nazarov