Uyda o’tirib biznes qilish

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Sizda uyda o’tirib biznes boshlashingiz va yaxshigina daromad olishingiz mumkin. Ammo, yurtimiz taraqqiyatdan hali ancha orqada bo’lganligi va ko’pchilik odamlarimiz hali juda “sodda” bo’lganligi sababli “uyda o’tirib pul topish“ni bo’lmagan gap deb o’ylashadi. Bu xuddi bir necha asr oldingi odamlarga, “Oyga uchib borsa bo’ladi” – deyishga o’xshaydi. Lekin, ayni vaqtda shunday imkoniyatni ko’ra olgan va undan foydalanayotgan hamyurtlarimiz bor. Yana bir narsani qo’shimcha qilishim mumkinki, ular buni 5 – 6 yil avval yoki undan ham oldinroq boshlashgan va ular ba’zilari shu paytgacha alaqachon 100, 000 dollardan ko’p ishlagan. Lekin buni aslida biznes ham deb bo’lmaydi, ish ham deb bo’lmaydi, chuni uni qilish uchun siz ham biznesmen bo’lishingiz kerak, ham ishchi bo’lishingiz kerak. Agarda siz ham shunday imkoniyatdan foydalanmoqchi bo’lsangiz va chekka qishloqda bo’la turib ham oyiga 1, 000 dollar yoki undan ham ko’proq daromad olmoqchi bo’lsangiz frilanserlik dunyosiga xush kelibsiz!

Frilanserlik sohasida o’zimning yaxshigina tajribam bo’lganligi sababli, yangi loyiha, ya’ni frilanser.uz saytini ishga tushurdim. Agar sizda “Frilanserlik nima o’zi?”, “U qanday ish?”, “U qanday bajariladi?” degan savollar paydo bo’lgan bo’lsa, uni Frilanser kim? U nima ish qiladi? nomli maqolamni o’qib chiqib bilib olishingiz mumkin. Agarda siz ham muvaffaqiyatli frilanserga aylanishga qaror qilgan bo’lsangiz frilanser.uz saytimni kuzatib borishni tavsiya qilaman (shuningdek yana bir hamyurtimiz ham bu haqida o’z Youtube kanalida ma’lumot berishga harakat qilmoqda: https://www.youtube.com/user/nyusupov ).

Nega frilanser bo’lish uchun siz ham biznesmen ham ishchi bo’lishingiz kerak deyapman? Buning sababi agar siz frilanser bo’lsangiz siz mijozlar bilan ishlashni bilishingiz va mijozlarga o’zingizni sota olishingiz kerak bo’ladi va muvaffaqiyatli sotuvdan keyin mijozning ishini bajarishingiz kerak bo’ladi. Ya’ni frilanserlik biznesingiz muvaffaqiyatli yurishi uchun siz ham yaxshi sotuvchi va yaxshi ishchi bo’lishingiz kerak. Frilanser bo’lish uchun siz o’z kasbingizning ustasi bo’lishingiz va kasbingiz masofadan turib bajarsa bo’ladigan bo’lishi kerak. Masalan dasturchilar, dizaynerlar, tarjimonlar, bugalterlar va boshqa ko’plab kasb egalari o’z ishlarini masofadan turib bajarishi mumkin. Bundan tashqari ingliz tili yoki rus tilini yaxshi bilishingiz kerak. Frilanserlikning quyidagi avfzalliklari bor:

  • Siz istalgan joydan turib pul ishlashingiz mumkin, faqat sizda yaxshi internet aloqasi bo’lsa bas.
  • Siz O’zbekistonda ishlagandan ko’proq ishlashingiz mumkin, chunki bizda oyiga 1, 000 dollar oylik beradigan ishlar juda kam va bunday ishga kirish uchun siz oliy ma’lumotli bo’lishingiz va hakozlar kerak bo’ladi (menimcha bu haqida ortiqcha gapirishga hojat yo’q).
  • Siz oliy ma’lumotli yoki umuman maktabda o’qigansizmi yoki yo’qmi frilanser bo’lishingiz mumkin, faqat ishingizning ustasi bo’lsangiz bas.
  • Agar siz biznes boshlamoqchi bo’lsangiz va biznes boshlashga yetarli budjetingiz yo’q bo’lsa, ehtimol frilanserlik sizning biznesingiz uchun yaxshigina budjet to’plashingizga va sotish moharatingizni rivojlantirib olishga eng yaxshi yo’llardan biri.
  • Siz xohlaganingizda ishlashingiz va xohlaganda dam olishingiz mumkin, chunki sizda hech qanday qorin qo’yivorgan boshlig’ingiz bo’lmaydi.

Bilasizmi juda juda ko’p odamlar biznes boshlashni orzu qilishadi va faqat orzu qilishadi. Muammo ham ana shunda faqat orzu qilish orqali biror narsaga erishib bo’lmaydi. Siz o’z orzuyingizga erishish uchun har kuni juda kichik bo’lsa ham harak qilishingiz kerak. Nimadan boshlashni bilmaysizmi? Ko’pchilik milliarderlar ham nimadan boshlashni bilmagan, lekin ularning muvaffaqiyati sababi ular nimadan boshlashni bilmagan bo’lsalar ham nimanidir boshlashgan. Mark Zukurgberg ham Facebookni yaratishdan oldin boshqa ko’p chat tizimlari va saytlar yaratgan, ehtimol u men Facebook g’oyasi kallamga kelmagunicha kutaman va ungacha behuda harakat qilmayman deb o’ylaganida Facebook bo’lmagan bo’lardi. Bu bilan nima demoqchiman? Orzuyingizga aqlingiz yetkanicha harakat qilishni boshlang va siz albatta unga erishasiz. Axir harakat bu – tajriba, tajriba – bu qimmatli bilim, qimmatli bilimlar – donishmandlik, donishmandlik bu – boylik, sog’liq va baxt.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *