Muvaffaqiyatga va boylikka olib boruvchi eng ishonchli yo’lni bilasizmi?

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Qanday boy bo’lish mumkin deb ko’p o’ylardim, ammo bunga hech bir aniq javob topa olmasdim. Nihoyat buni anglab yetdim va men muvaffaqiyatga va boylikka olib boruvchi yo’lni aniq bilaman. Eng qizig’i buni tushunish shunchalik oddiy ekanki, shu paytgacha anglab yetmaganimga hayronman. Bu narsani deyarli barchamiz bilamiz, faqat uni payqamaganmiz. Buni sizlarga soddagina qilib tushuntirib berishga harakat qilaman.

Xo’sh siz oddiy loydan ajoyib buyumlar yaratuvchi mohir kulol bo’lmoqchisiz. Nima qilasiz? Albatta, juda mohir kulolchidan kulolchilik saboqlarini o’rganasiz, ya’ni unga shogirt tushasiz. Uy tomini yopadigan usta bo’lmoqchi bo’lsangiz ham, albatta, shu sohaning ustasi bo’lgan kishiga bir necha yil shogirt bo’lasiz va undan uy tomini yopishning sir-asrorlarini o’rganasiz. Institutga kirmoqchi bo’lsangiz, masalan, siz ingliz tili va matematikadan tayyorlanishingiz kerak bo’lsa eng yaxshi matematika va ingliz tili o’qituvchilariga repetitor qatnaysiz. Ahamiyat berayapsizmi? Biror narsani, shu narsa bo’yicha katta bilim va yutiqlarga erishgan kishilardan o’rganar ekanmiz. Demak, biror sohaning sir-asrorlarini egallash uchun shu sohaning ustasi bo’lgan kishilardan o’rganish kerak ekan. Qisqa qilib aytganda yerdan biz xohlagan cho’qqiga chiqishimiz uchun eng ishonchli yo’l bu – shu yo’lni bosib o’tgan odamlarning izlaridir. Mana endi eng qiziq joyiga keldik.

Xo’sh qani menga aytingchi boy va muvaffaqiyatli bo’lish uchun nima qilish kerak ekan? Albatta, ana shunday odamlardan boy bo’lish va muvaffaqiyat sirlarini o’rganish kerak ekan. Agarda sizning boy va muvaffaqiyatli tanishlaringiz yoki yaqinlaringiz bo’lsa, albatta ulardan maslahat so’rab turing. Chunki, boy va muvaffaqiyatli insonlar boshqalar bilan o’z bilimlarini bo’lishishni yaxshi ko’rishadi. Lekin ba’zan ulardan maslahat so’rashga ikkilanamiz, chunki bunday odamlar juda ko’p “yo’q” degan so’zni ishlatishadi, sababi ularga juda ko’p odamlar maslahat so’rab emas, balki qarz so’rab borishadi. Boy va muvaffaqiyatli insonlar, shu paytgacha, bizga ulkan bilimlar qoldirishgan va hozir ham bizlar bilan bilimlar ulashayapti. Ular ulashayotgan bilimlarni turli shakllarda topishingiz va o’rganishingiz mumkin. Ular kitoblar, kurslar, filmlar, maslahatlar va hakozolar bo’lishi mumkin. Shulardan eng yaxshisi kitoblardir. Chunki ularni istagan vaqtingiz o’qishingiz va kuchli bilimlarni olishingiz mumkin.

Kitob o’qish kerak deb million marta eshitgan bo’lsangiz kerak. Men ham juda ko’p eshitganman, lekin hech mohiyatiga tushunmasdim va o’zimcha kitob o’qib olim bo’lamanmi deb o’ylardim. Haqiqatdan ham kitob o’qish deganda juda ko’pchilik odamning ko’z oldiga olim bo’lish yoki shunga o’xshagan narsa gavdalanadi. Lekin, ko’pchilik odamlar olim yoki faylasuf emas, boy va muvaffaqiyatli bo’lishni xohlashadi. Ammo, bunga ham kitoblar orqali erishish mumkinligiga juda ko’pchilikning aqli yetmaydi. Sababi, biz juda ko’pchiligimiz boshqalar faqat baddiiy asarlar yoki biror fanga yoki mutaxasislikka oid kitoblar o’qiyotganini ko’rganmiz xalos. Biz biror kimning boylik yoki muvaffaqiyatga erishish haqida kitob o’qiyatganini ko’rmaymiz. Chunki, biz ularning faqat muvaffaqiyatlarini va boyliklarinigina ko’ramiz, xalos. Chunki, bunga bizning aqlimiz yetmaydi. Buni “Qanday qilib qoloq mamlakatda boy bo’lish mumkin?” maqolamni o’qib tushunishingiz mumkin.

Kitob mualliflarini o’rganib chiqing. Bu juda muhim. Sababi, siz biznesni muvaffaqiyatli biznesmenning o’zi yozgan kitoblardan o’rganganingiz maqul, professional yozuvchi yozgan biznes haqidagi kitoblardan ko’ra? Albatta, o’z ishining ustasi yozgan kitoblarni o’qishingiz kerak, aniqroq qilib aytganda kulolchilikni matematika o’qituvchisidan emas mohir kulolchidan o’rganish kerak. Shuning uchun ham Robert Kiyosakining barcha kitoblari dunyo bo’yicha juda mashhur, chunki uning o’zi muvaffaqiyatli biznesmen va multimillioner. Ana shuning uchun ham boy bo’lishni xohlagan har bir odam uning kitoblarini sevib o’qiydi.

Sizning muvaffaqiyatga va boylikka olib boruvchi eng ishonchli yo’l haqida qarashlaringiz qanday? O’z fikrlaringizni qoldiring!

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *