Agar boy bo’lishni xohlasangiz bu 3 ta kitobni o’qing!

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Sizlarga mening fikrlash tarzimni butunay o’zgartirib yuborgan va sizning ham pul, boylik, muvaffaqiyat haqida fikrlash tarzingizni butunlay o’zgartirishi mumkin bo’lgan kitoblarni sizlar bilan ulashmoqchiman. Bu kitoblarni o’qib chiqqandan keyin, har bir odam boylikka va muvaffaqiyatga erisha olishini tushundim va buning uchun u aqlli yoki antiqa qobiliyatga ega bo’lishi shart emas. Hammasi shunchaki fikrlash tarzingizga bog’liq ekan. Agar siz fikrlaringizni to’g’ri yo’naltirib to’g’ri fikrlashni boshlasangiz, albatta, barcha maqsadlaringizga erishasiz. Sizlar bilan ulashmoqchi bo’lgan kitoblarim esa sizga boylik va muvaffaqiyat haqida to’g’ri fikrlashga o’rgatuvchi boshlang’ich, ammo juda ahamiyatli bilimlarni beradi. Ular quyidagilardir:

  • “Boy ota, kambag’al ota” – muallifi Robert Kiyosaki
  • “Pul oqimining kvadranti” – muallifi Robert Kiyosaki
  • “Sir” – boylik va muvaffaqiyat haqida film

“Ming marta eshitgandan ko’ra bir marta ko’rgan avfzal” degan maqolni ko’p eshitganmiz. Siz ham bu kitoblar tarifini ming marta eshitganingiz bilan uni o’qimasangiz foydasizdir. Shuning uchun bu maqolamni qisqa qilmoqchiman, chunki bu kitoblar haqida qancha gapirsam ham ularning mohiyatini aynan sizga yetkazib bera olishim qiyin. Shunday ekan bu kitoblarni bir o’qib ko’ring, chunki biror narsaga hech qachon o’rinib ko’rmagandan ko’ra bir harakat qilib ko’rgan avfzal yoki jangsiz taslim bo’lgandan ko’ra jangda jon bergan avfzal.

Blogimni kuzatib boruvchilariga yanada qulaylik yaratish uchun Telegramda Gofur.uz kutubxonasi kanallini yaratdim. Yuqoridagi keltirilgan 3 ta kitobni ham shu kutubxonada topishingiz mumkin (bilaman ularning bittasi video film, shunchaki sodda qilib kitoblar deb yuritayapman). U kanalni yanada qulayroq qilish uchun ularni 4 guruhga bo’ldim:

  1. Elektron kitoblar;
  2. Android kitoblar;
  3. Audio kitoblar;
  4. Video filmlar.

Chunki, hamma bir xil emas, kimdir android kitoblarni ma’qul ko’rsa kimdir audio kitoblarni ma’qul ko’radi, kimdir kompyuterda elektron kitob o’qisa, kimdir mashinada audio kitob eshitadi. Kutubxonani do’stlaringizga ham ulashing. Iloji boricha yanada ko’p kitoblar yuklab borishga harakat qilaman. Kutubxona manzili: https://t.me/gofurnazarovkutubxonasi.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

gofur

Bir kuni tasodifan Robert Kiyosakining “Boy ota, Kambag’al ota” kitobini internetda ko’rib qoldim va uni o’qib chiqdim. U kitobni o’qib odam pul uchun emas, pul odam uchun ishlashi kerakligini tushunib yetdim. O’sha kundan e’tiboran pul uchun ishlashni to’xtatishga va pulni men uchun ishlashga majbur qilishga harakat qilishni boshladim. Bu borada ko’p kitoblar o’qiyapman, foydali videolar ko’rayapman, internetda kurslarga qatnashayapman va boshqa muvaffaqiyatli insonlarni kuzatib borayapman. Xullas pulni men uchun ishlashga majbur qilishga kerakli barcha bilimlarni olishga harakat qilayapman va bu bilimlarimni sizlar bilan ulashaman. Buning sababi kimningdir biznes boshlashiga yoki moliyaviy erkinlikka erishishiga sababchi bo’lsam juda xursand bo’laman, pallaning ikkinchi tomoni esa O’zbekistonimizda boylar qancha ko’p bo’lsa yurtimiz shuncha zo’r bo’ladi va gullab yashnaydi. Boylar ko’p joyda nima oson bo’ladi? Albatta, pul ishlash oson bo’ladi. G’ofur Nazarov

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *