Qanday qilib yaxshi biznes g’oya o’ylab topish mumkin?

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Yaqinda qanday qilib biznes g’oya o’ylab topishni va uni qanday amalga oshirishni o’rgatuvchi kurs sotib oldim va uni o’rganishni boshladim. Sizlarga o’zim qanday qilib yaxshi biznes g’oya o’ylab topish haqida o’rgangan boshlang’ich bilimlarimni ulashmoqchiman. Agar yaxshi biznes g’oyani qanday o’ylab topish mumkinligini o’rganmoqchi bo’lsangiz shu maqolani oxirigacha o’qing.

Avvalo qanday biznes go’ya yaxshi biznes g’oya bo’lishini bilib olaylik. Yaxshi biznes g’oya bu – odamlarning biror muammosini to’la yechib bera oladigan yoki ancha darajada yengillashtira oladigan g’oyadir. Qachonki siz odamlarning biror muammosini hal qilsangiz yoki uni ancha yengillashtirsangiz odamlar sizga jon-jon deb pul to’lashga rozi bo’lishadi. Tabbiiyki bunday holatda biznesingiz gullab yashnaydi. Xush, endi qanday qilib yaxshi biznes g’oyasini o’ylab topish usullarini ko’rib chiqamiz.

Quyidagi usullar orqali siz yaxshi biznes g’oyani osongina topishingiz mumkin:

  1. O’zingizga ma’lum barcha muammolarning ro’yxatini tuzish orqali.
  2. Odamlarning shikoyatlarini tinglash orqali.
  3. Hayoliy orzularingiz ro’yxatini tuzish orqali.

Keling bu usullarni batafsil ko’rib chiqamiz.

#1 O’zingizga ma’lum barcha muammolarning ro’yxatini tuzish usuli

Siz shu paytgacha o’zingiz duch kelgan muammolaringiz va yaqinlaringiz yoki tanishlaringizdan eshitgan muammolar ro’yxatini tuzing. Ro’yxatdan agar shu muammo hal qilinsa yoki yengillashtirilsa odamlar hayotini yanada osonlashtirish mumkin bo’lgan muammolarni tanlab oling va ularning yechimini qidirib ko’ring. Agar izlanishlaringiz natijasida ularga yechim topa olsangiz shu asosida biznez yaratishingiz va o’z xizmatlaringiz yoki mahsulotlaringizni odamlarga taqdim qilishingiz mumkin. Odamlar, albatta, siz ularning hayotiga yengillik olib kelganingiz uchun sizdan mamnun bo’lishadi, odamlar hayotini shu narsasiz tasavvur qila olishaolmaydi bu esa biznesengiz yanada revojlanishiga imkon yaratadi va sizga katta daromadlar olib kela boshlaydi. Masalan, ish topish, biror narsani sotib olish yoki sotish ilgari anchagina muamo edi. Ish topish uchun idorama-idora yurish yoki tanish-bilishlardan surishtirish kerak bo’lardi. Biror narsani sotish yoki sotib olish ham shunga o’xshash bo’lardi. Ammo OLX.uz bu va yana bir qancha muammolarni yechdi va odamlar hayoti yanada yengillashdi. OLX.uz orqali uyingizda o’tirib ham, qayerda qanday ish bor, qayerdan qanday narsa sotib olsa bo’ladi va narxlari qanchaligini va boshqa juda ko’p narsalarni bajarishingiz yoki bilib olishingiz mumkin.

#2 Odamlarning shikoyatlarini tinglash usuli

Bu ham yuqoridagi usulga o’xshash. Odamlar ko’p narsalardan shikoyat qilishadi. Biror mahsulotning narxi juda qimmatligidan yoki biror ishni aftamatlashtirish mumkin, lekin ular bunga ko’p vaqtlarini sarflashlariga to’g’ri keladi. O’zingiz bilgan ana shunday shikoyatlar ro’yxatini tuzing va ularni hal qilishga o’rinib ko’ring. Masalan, Ariston suv isitgichlari qulay, ammo odamlar uning narxi qimmatligidan shikoyat qilishadi, chunki hamma yaxshi sharoitda yashagisi keladi, lekin hammaning ham uni sotib olishga qurbi yetmaydi. Bu muammoni esa “Aqlli jo’mrak” hal qildi. “Aqlli jo’mrak” ham bizga suv isitib beradi, lekin Aristonga qaraganda tokni tejaydi, kichik va qulay, narxi ham arzon, Aristonga o’xshab issiq suvni saqlash uchun avtamatik yonib-o’chishiga xojat yo’q. Jo’mrakni ochingiz bilan issiq suv chiqaveradi.

Ariston suv isitgich
Aqlli jo’mrak

#3 Hayoliy orzularingiz ro’yxatini tuzish usuli

Ko’pchiligimiz qaneydi shunaqa narsa bo’lsa-yu mana bu ishimni osonlashtirsa yoki mana bu muammoni hal qilsa deb hayol so’rub qolamiz. Hayol surmasdan u haqida yaxshilab o’ylab ko’ringchi, balki buning iloji bordir. Va siz yangi revalutsiyani boshlab beradigan biznes boshlashingiz mumkindir. Masalan, ilgari odamlar qaneydi uzoq manzilga tezroq yetib borsam deyishgan, bugun esa mashinalar va samaliyotlar bor. Qaneydi kompyuterda yozgan kitobimni yoki darsligimni xatolarini avtamatik topib to’g’rilashning iloji bo’lsa desangiz, sizga savodxon.uz sayti arzon narxlarda sizga yordam berishga tayyor.

Biznes g’oyalar juda ko’p va ular hech qachon tugab qolmaydi, chunki eskilari yo’qolib ketsa yangilari paydo bo’laveradi, chunki dunyo har doim o’zgarib rivojlanib boradi. Lekin ba’zan siz o’z ko’zlaringiz bilan yangi biznes imkoniyatlarni ko’ra olmasligingiz mumkin. Shunday holatda men sizga muvaffaqiyatli va buyuk insonlar ko’zi bilan qarashni tavfsiya etaman. Shunda sizning ko’zlaringiz avval o’zingiz ko’rgan imkoniyatlardanda ko’proq imkoniyatlarni ko’ra boshlaydi. Buning uchun esa muvaffaqiyatli va buyuk insonlar yozgan pul, biznes va muvaffaqiyat haqidagi kitoblarni o’qib ko’p bilim olishingiz kerak. Shunda uzoqni ko’ra oladigan bo’lasiz.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *