“Boy bo’lishning 10 ta siri” – Uoren Baffetdan yoshlarga maslahat.

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Uorren Baffetdan boy bo’lishni istagan yoshlar uchun 10 ta maslahat. Uorren Baffet 30 yoshida, 1960-yilda millionerga aylangan va o’shandan beri dunyoning eng badavlat odamlardan biri bo’lib kelmoqda. Uorren Baffet yillar davomida yoshlarga qanday boy va muvaffaqiyatli bo’lish haqida turli xil maslahatlar berib keladi. Ushbu maqolamda Uorren Baffetning ilhomlantiruvchi 10 ta maslahatini sizlan bilan baham ko’raman.
5-sonli maslahat juda muhim.

1 – maslahat.

Sizga qanday qilib boyish kerakligini aytaman. Eshiklarni yoping. Boshqalar ochko’z bo’lganda qo’rqing. Boshqalar qo’rqqanida, ochko’z bo’ling!


Yoshligingizda boshqalardan olishingiz kerak bo’lgan eng muhim maslahat bo’ladigan bo’lsa bu – “Boshqacha bo’ling!”. Oqimga qarshi suzing. Boshqalar nima qilayotganini aniq biling va buning teskarisini qiling. Nima uchun bu muhim? Boshqalar nima qilayotganining teskarisini qilishning muhimligi shundaki, dunyoda juda ko’p insonlar o’ylamasdan ish qilishadilar. Dunyoda ko’pchilik odamlar o’z miyalaridan foydalanishga qiynalishadi va ular boshqalar nima qilishayotgan bo’lsa, o’shlarga ergashishadi. Masalan, juda ko’p odamlar aksiyalar narxi hayratlanarli darajada ko’tarilayotganda ularni sotib olishadi, ammo, bu payt aqlli insonlar aksiyalarni sotayotgan bo’ladi. Agar siz oddiy odamlar kabi bo’lsangiz siz muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Oddiy odamlar kabi bo’lmang! Boshqalar nima qilayotganini aniq biling va shunchaki, buning teskarisini qiling.

2 – maslahat

Sizda qanchalik darajada ulkan talant bo’lishidan va qanchalik ko’p harakat qilishingizdan qatiy nazar ba’zi narsalarga erishish shunchaki vaqt talab qiladi. Siz 9 ayolni homilador qilish orqali bir oyda farzandli bo’la olmaysiz.

Nima deb o’ylaysiz dunyoda ko’pchilik odamlarning muvaffaqiyatsizligiga va qashshoqliligiga birinchi sabab nima? Boylik va muvaffaqiyatga erishish, vaqt, shunga butunlay o’zini bag’ishlash va qatiyatlikni talab qiladi. Siz qiyin paytlarda sabir bilan chidashingiz kerak, aks holda, muvaffaqiyatga olib boruvchi notekis yo’ldan o’ta olmaysiz. Ulkan muvaffaqiyatlar vaqt talab qiladi. Siz 9 ayolni homilador qilish orqali bir oyda farzandli bo’la olmaysiz.

3 – maslahat

Sizdan ko’ra yaxshiroq odamlar bilan suhbatlashish yaxshiroqdir. Xulq-atvori siznikidan yaxshiroq bo’lgan do’stlarni tanlang, shunda siz ham ularning yo’lidan ketasiz.

Yoshlarning kattalarga qaraganda juda ko’p do’stlari bo’ladi. Baxtga qarshi, ko’pchilik odamlar kimlar bilan yurganini anglashmaydi. Siz birga ko’p vaqt o’tqazadigan do’stlaringiz va tanishlaringizning 5 tasini tanlang. Endi ularning kelgusi 5 yil ichida nimalarga erisha olishini va qanday holatda bo’lishini tasavvur qiling. Siz ham ular erisha olganlariga erishasiz va ular qanday holatda bo’lsa o’zingiz ham shu holatda bo’lasiz. Bu juda oddiy. Agar sizning do’stlaringiz intiluvchan va hayotga ijobiy qaramasa, sizda ham shunday bo’ladi. Agar do’stlaringiz sizdan ko’ra ko’proq narsa bilishmasa, siz hech qachon o’smaysiz va yaxshiroq bo’la olmaysiz. Xush, nima qilgan bo’lardingiz? O’zingizni salbiy va harakatsiz odamlardan ajrating. Do’stlaringizni ehtiyotkorlik bilan tanlang, chunki siz vaqtingizni ko’p birga o’tqazadigan kishilardan ko’ra yaxshiroq bo’la olmaysiz.

4 – maslahat

Agarda siz “yo’q” demasangiz, vaqtingizni boshqara olmaysiz. Kun tartibingizni boshqa odamlar belgilashiga yo’l qo’ymasligingiz kerak.

Atrofingizga nazar tashlang! Siz nimani ko’rayapsiz? Hamma joyda sizni chalg’itadigan narsalar. Ijtimoiy tarmoqlar, televizor, ziyofatlar va kinolar. Bularning barchasi biz uchun ahamiyatsiz yoki umuman hech narsa keltirmaydigan qiziqarli narsalar. Chalg’itishlarga qanchalik ko’p yo’q desak, bizga muhim bo’lgan narsalarga shuncha ko’p vaqt ajrata olamiz.

5 – maslahat

Boshqalardan aqlli bo’lishingiz shart emas. Boshqalarga qaraganda ko’proq intizomli bo’lishingiz kerak.

Qobiliyat va aql-idrol ko’rsatkichi (IQ) haqida eshitganlaringizning hammasini unuting. Qobiliyatlilar stol ustidagi tuz kabi oddiy narsadir. Aql-idrok ko’rsatkichi 200 bo’lgan yuzlab odamlar xonavayron bo’lishadi. Intizom, harakat, bag’ishlash va qat’iyatlilik – bu muvaffaqiyatga erishish uchun sizga kerakli bo’lgan narsalardir.

6 – maslahat

Tavakkalchilik siz nima qilayotganingizni bilmaganingiz oqibatidir.

Masalan, biznes boshlamoqchi bo’lganlarning 90% idan ko’prog’i o’rganishga yoki bo’lmasa xatto 10 kitob o’qishga vaqt ajratmaydilar, 100 ta kitob haqida gapirmasa ham bo’laveradi. Shunday bo’lsada, biz barchamiz biznes va investitsiya tavakkalchilik ekanligiga ishonamiz. Nima uchun tavakkalchilik ekan? Haqiqiy tavakkalchilik bu – sizning bilimsizligingiz. O’z sohangiz haqida qancha ko’p bilsangiz, tavakkalchilik ham shuncha kamayadi. Tavakkalchilikni kamaytirish uchun bilim izlang!

7 – maslahat

Odatlaringizdan voz kechish juda qiyin ish bo’lib qolgunicha, ular shunchaki oddiy ko’rinadi.

Siz hech giyohvand odamning ilojsizligini va o’zini giyohvandlik balosidan ozod bo’lishi uchun ozgina kuchga ega bo’lishini iltijo qilayotganini ko’rganmisiz? O’zingizga qilishingiz mumkin bo’lgan eng katta yaxshilik bu – barcha yomon odatlardan qochishdir. Yomon odatlarni sinab ko’rish – olov bilan o’ynashishdir. Odatlaringiz kattalashgani sari siz ularning quliga aylanib borasiz.

8 – maslahat

Ishingizdan zavqlaning va siz hayratga solishingiz mumkin bo’lgan insonlar uchun ishlang!

Gallup Poll taqiqotiga ko’ra butun dunyo bo’ylab odamlarning 85% i o’z ishlarini yoqtirishmaydi. O’smirlikdan keyingi butun hayotingizning 50% idan ko’prog’ini ishlab va ishlashni rejalashtirib o’tqazar ekansiz, siz zavqlanadigan ish bilan shug’illanishga bor kuchingizni sarflashingiz kerak. Bu oson bo’lmasligi mumkin, ammo agar siz bu uchun tavon to’lashga va barcha azoblarga tayyor bo’lsangiz, siz o’zingizga o’zingiz zavqlanadigan ish yoki biznes yarata olasiz.

9 – maslahat

Siz ommalashgan narsani sotib olib yaxshi natijaga erisha olmaysiz.

Bu 1 – maslahatga juda o’xshash. Bilasizmi, qachonki biror narsa ommalashib ketgan bo’lsa o’yin tugagan bo’ladi. Bu biror biznes g’oya yoki investitsiya qilish imkoniyati bo’lishi mumkin. Siz u haqida yangiliklarda o’qiganingizda uni imkoniyat deb atashga juda kech bo’lgan bo’ladi. Shovqinda yashamang. Hamma gap sirda. Xo’sh, qanday qilib hech kim ko’ra olmayotgan yashirin imkoniyatlarni qo’lga kiritishingiz mumkin? Hech kim o’qimayotgan kitoblarni o’qing! Boshqalar ko’ngilxushlik izlashayotganida, siz bilim izlang. Agarda siz boshqalar bilmaydigan narsalarni bilsangiz, siz imkoniyatlarni boshqalar ko’rishidan ancha oldin ko’rasiz.

10 – maslahat

Siz tushunmaydigan biznesga hech qachon investitsiya qilmang!

Hamma narsani oz-oz biluvchi kishi bo’lmang. Bir sohaning mutaxasisi bo’ling. O’zingiz qiziqadigan bir yoki bir nechta sohalarni tanlang va bu sohalar haqida hech kim bilmaydigan narsalarni bilish uchun har kuni o’qing va boshqa siz tushunmaydigan barcha narsaga “Yo’q” deng. Agar siz biror biznesni o’rganib chiqishga vaqt ajrata olmas ekansiz, unga hech qachon investitsiya qilmang, chunki hamma shunday qilayapti. Masalan, kriptovalyutaga umuman investitsiya qilmang, chunki hamma shunday qilayapti agarda siz kriptovalyuta haqida o’rganib chiqishga vaqt ajratmasangiz. Aksiyalar bozoriga investitsiya qilmang agarda siz aksiyalar haqida 10 ta yaxshi kitob o’qib chiqa olmasangiz. Kuchmas mulkka investitsiya qilmang agarda siz kuchmas mulk haqida 5 ta yaxshi kitob o’qib chiqmasangiz. Pullaringizni siz yaxshi biladigan narsalarga yo’naltiring. Xulosa qilib aytganda, agar boy bo’lishni xohlasangiz boshqalar qilayotganining teskarisini qiling, faydasiz narsalarga yo’q deng, yomon odatlardan qoching, do’stlaringizni ehtiyotkorlik bilan tanlang, intizomli va sabrli bo’ling, chunki biror arzigulik narsaga erishish vaqt talab qiladi.

Agarda maqolalarim sizga yoqayotgan bo’lsa, ulardan biror narsa o’rganayotgan bo’lsangiz, ularni yaqinlaringizga ham ulashing. Chunki atrofingizda qancha bilimli va ijobiy fikrlovchi odamlar ko’p bo’lsa, sizning muvaffaqiyatlarga erishishingiz shuncha osonlashadi.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *