Agarda bu odatingizni tashlamasangiz siz hech qachon muvaffaqiyatga erishmaysiz

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Sizni bu odat hech qachon oldinga yurishingizga yo’l qo’ymaydi. Bu odat quliga aylansangiz hayotda hech narsaga erisha olmasiz. Keling bu odat sizga qanchalik qimmatga tushishini tushuntirib beraman.

Hamma hayotida bunday insonni uchratgan bo’lsa kerak. U sizning sinfdoshingiz, qarindoshingiz, shunchaki tanishingiz yoki xatto o’zingiz bo’lishingiz mumkin. Bunday insonlar har doim va’da berishadi va uning ustidan chiqishmaydi. Eng yomoni bu odat boshqalardan ko’ra o’zlariga ko’proq zarar keltiradi. Aynan mana shu odat sizning muvaffaqiyat zinalaridan tepaga kutarilishingizga yo’l qo’ymaydi va sizni tobora pastga qarab tortadi. Keling bu odat boshqalardan ko’ra o’zingizga ko’proq zarar ekanligini ko’rib chiqamiz.

Va’dabozlarning va’dalariga boshqalar bir-ikki marta ishonishi mumkin, keyin esa ular bunday odamni shunchaki yolg’onchi sifatida qabul qilishadi va unga nisbatan ishonchlari so’nadi. Ammo, bu eng yomoni emas. Eng yomoni ular o’zlarini o’zlari aldashayotganlarini sezmay qolishadi va o’z odatlarining quliga aylanishadi. Masalan, ular o’zlariga o’zlari biror ishni qilishga, biror maqsadini amalga oshirishga va’da berishadi. Ammo, boshqalarga bergan va’dasiga o’xshab o’zlarining va’dalarini ham bajarishmaydi. Va’da bozlar qarz olganda nima deyishini juda yaxshi bilsangiz kerak. Ular “Bir hafatada olib kelib beraman” – deyishadi, keyin “Do’stim iloji bo’lmay qoldi, mana bu narsa bo’lib qoldi, bunday vaziyatga tushub qoldim” – deyishadi va har safar so’rganingizda “Ertaga qilib beraman” – deb aytishadi. Menimcha ularning ertasi hech qachon kelmaydi. Ular hech qachon biror narsaga erisha olishmaydi, chunki ular biror maqsad quyishadi va o’zlariga va’da berishadi: “Bu maqsadiga erishish uchun harakatni ertaga boshlayman”. Keyin, “Bugun charchadim”, “Bugun og’ir kun bo’ldi”, “Bugun hayotimda yomon narsa sodir bo’ladi”, “1 hafatdan keyin aniq harakat qilishni boshlayman” – deyishadi. Ular hamma narsani keyinga so’rishadi. Ularning ertasi qachon kelishini xatto o’zlari ham bilishmaydi va shunday qilib hech narsaga erisha olmay o’tib ketishadi.

Xatto biror va’da og’zingizdan bilmasdan chiqib ketsa ham uni bajaring. Shunda bu odatning quliga aylanmaysiz. Biror narsani qilishni rejalashtirdingizmi uni bugundan boshlang! Ertaga degan so’zni ishlatmaslikka harakat qiling. Biror narsani qilish hayolingizga keldimi, o’zingizga savol bering: Nega bugun emas? Nega hozir emas? Bu savolni o’zingizga berganingizda sizning dangasa miyangiz turli arzimas sabablar keltira boshlaydi, ammo, ularning hammasiga yo’q deng. Shunda har bir maqsadingizga yanada tezroq va yanada osonroq erishasiz.

Aslini olganda kambag’allik bu shunchaki odatdir, ya’ni sizning odatlaringiz sizni kambag’al qiladi. Boylik ham xuddi shunday, sizning odatlaringiz sizni boy qiladi. Agarda siz o’zingizda yaxshi odatlarni shakllantirmoqchi bo’lsangiz “Bu usul orqali siz o‚Äôzingizda foydali odatlarni shakllantirishingiz mumkin” maqolamni o’qishni tavsiya qilaman. Shunday ekan nega hozir bu maqolani boshqalarga ulashmasligingiz kerak ekan?

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

One thought on “Agarda bu odatingizni tashlamasangiz siz hech qachon muvaffaqiyatga erishmaysiz

  • February 27, 2020 at 12:28 pm
    Permalink

    Ajoyib yaxshi fikr yuritilgan!

    Javob

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *