Qachon bilimingiz ish berishini bilasizmi?

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Siz olgan bilimlar qachon ish berishini bilasizmi? Men sizlarga bilimingiz aniq qachin ish berishini aytib berishim mumkin. Ko’pchilik odamlar bilimi qachon ish berishini bilishmaydi. Mana shu yerda ular eng katta xatoga yo’l qo’yadilar. Chunki, ular bilim olishni to’xtatib quyishadi. Shuning uchun ham ular hech qachon muvaffaqiyatli insonga aylanishmaydi. Bu maqolamda buning qanchalik noto’g’ri ekanligini va sizning bilimingiz qachon ish berishini tushuntirib beraman.

Inson biror maqsadiga erishish uchun unga bir nechta bilimlar kerak bo’lishi mumkin. Masalan, agarda siz biznesmen bo’lmoqchi bo’lsangiz, sizga sotish bilimi, odamlarni boshqarish bilimi, yaxshi nutq so’zlab odamlarga ta’sir qilish bilimi, pulni boshqarish bilimi va yana boshqa bir nechta bilimlar kerak bo’lishi mumkin. Bilim olishni endi boshlaganlar bilan ko’pincha quyidagi holat yuz beradi:

Ular biznesmen yoki boy odamga aylanishni maqsad qilashadi, pulni qanday boshqarish haqida 1 ta kitob o’qishadi yoki shu haqida bir nechta maqola o’qishadi yoki bir nechta video ko’rishadi tamom. Keyin nima bo’ladi deysizmi? Mana bilim oldim, ammo bu bilimlarni hozir qo’lashga sharoitim yo’q yoki bu bilimlarni qo’llaydigan vaziyatda emasman, bu bilimlarni qo’llash uchun menda ko’p pul bo’lishi kerak yoki bularni o’zim ham bilmanda deb aytishadi. Keyin, ular bilim olish foydasiz degan xulosa chiqarishadilar va bilim olishni to’xtatishadi. Ular yana eski hayotiga qaytib, men faqatgina o’z aqlim bilan biror narsaga erisha olar ekanman bemani kitob va maqolalarni o’qishidan foyda yo’q deb o’ylashadi. Ular bir kuni kallamga bir zo’r g’oya kelsa o’shanda boy bo’lib ketaman deb o’ylashadi. Ular bilishmaydiki, shunchaki bo’m-bo’sh kalla qancha o’ylagani bilan unga biror g’oya kelish ehtimol 0.000001 % ekanligini. Ular 1 ta kitob o’qib tezda boy bo’lib ketishni xohlashadi va butun umir hech narsaga erisha olmay o’tib ketishadi. Sizning bilimingiz aynan qachon ish berishini bilmoqchimisiz, u holda o’qishda davom eting!

Menimcha mana shu maqolani o’qiyotganlarning hammasi eski “Tetris” o’yinini bilsa kerak. Tepadan xar xil bloklar tushadi. Anashu bloklar bu – sizning olayotgan bilimingizdir. Agar bloklar bir qator bo’lib terilsa. Buuum! Usha bir qator bo’lgan bloklar yo’qoladi. Siz ham biznesmen bo’lish uchun yetarlicha bilimlarni olganingizdagina. Buuum! Siz biznesmen bo’lasiz.

Men hayotni shu “Tetris” o’yiniga o’xshataman. Siz har doim bilimlaringizni chiroyli qilib taxtlab borsangiz, xuddi “Tetris” o’yinidagidek siz hayotingizdagi har bir to’siqlarni “Buuum!” qilib yengib borasiz va o’z masadlaringizga yetishasiz. Lekin hammaning bilimlari xar xil bo’ladi. Kimdir qatorma-qator yig’ib borsa, kimdir bir nechta qatorni bir paytda yig’ib boradi va oxirda hammasini birdaniga to’ldiradi va birdaniga bir nechta narsaga erishadi.

Ammo, quydagi rasmdagidek ish tutsangiz:

Ya’ni siz 1 ta kitob o’qib bularni o’zim ham bilardim, menga maslahatlar kerak emas desangiz, sizning bilimingiz rasmdagidek yuqoriga taxlanib boradi va siz “Buuum!” bo’lasiz. Siz yutqazasiz. Bunday odamlar har xil narsalardan 1 ta bilim olishadi va to’xtatishadi. Shunday qilib ular umirlarning oxiriga yetib olishadi.

Oldingizga biror maqsad qo’ying! Shu maqsadga erishish uchun barcha bilimlarni sabr bilan egallang. U maqsadingizga erishgandan so’ng, yana boshqasini qo’ying va shunday davom eting. Shunda siz hech qachon yutqazmaysiz. Xulosa qilib aytganda, sizning bilimingiz o’sha maqsadingizga kerak bo’ladigan barcha bilimlarni olib bo’lganingizdan keyin ish beradi. Mana shu mening javobim. O’sha vaqtgacha to’xtamasdan bilim yig’ish yoki to’xtab qolish o’zingizga bog’liq. To’sqilar, qiyinchiliklar yengib o’tish uchun beriladi. Demak, olg’a. Buuum!

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *