Bu usul orqali siz o’zingizda foydali odatlarni shakllantirishingiz mumkin

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Ishoning bu usul juda oddiy, lekin juda samarali. O’zingizda foydali odatlarni shakllantirishni xohlasangiz bu usul sizga juda foydali bo’ladi. O’zingizda foydali odatlarni shakllantirish juda muhimdir, chunki sizning kelajakda kimga aylanishingizni sizning odatlaringiz belgilab berishi mumkin. Bu usulga amal qilsangiz siz o’z vaqtidan samarali foydalanadigan va muvaffaqiyatli insonga aylanasiz. O’zingizga ishoning va bu usuldan foydalanayotgada qat’iy turung. Men sizga ishonaman. Albatta, o’zingizda yanada ko’p odatlarni shakllantira olasiz. Shunday qilib o’qishni davom ettiring.

Bu usul haqida gapirishdan oldin sizga amaliy topshirig’im bor. Bu topshiriqni bajarmasdan o’qishni davom ettirmasligingiz kerak. Xullas, siz hozir shu yerda o’qishni to’xtatishingiz va qo’lingizga ruchka va qog’oz olishingiz kerak. Endi siz qog’ozga o’zingiz yomon deb o’ylagan odatlaringizni, keyin esa o’zingiz yaxshi deb o’ylagan odatlaringizni yozib chiqing. Xo’sh, sizning yomon odatlaringiz ko’pmikan yoki yaxshilari? Nihoyat, siz kutgan usulga yetib keldik.

Olimlarning aniqlashicha kishi biror narsani 21 kun mobaynida qayta-qayta bajarsa, bu narsa unga odat bo’lib qolar ekan. Masalan, siz 21 kun davomida har kuni ertalab soat 5 da tursangiz, tanangiz shunga moslashib har kuni shu vaqtda turishga o’rganib qolar ekansiz yoki har kuni ertalab turganingizda ijtimoiy tarmoqlarga kirsangiz bu ham sizga odat bo’lib qoladi, natijada siz har kuni ertalab turganingizda birinchi qiladigan ishingiz telefoningizni tekshirish bo’ladi. Biz ushbu usuldan foydalanib o’zimidagi zararli odatlarning o’rniga foydali odatlarini shakllantirishimiz mumkin. Endi bu usuldan qanday foydalanishni o’rganamiz.

Bu usuldan foydalanish uchun siz o’zingizda qanday foydali odatlarni shakllantirishni aniqlab olishingiz kerak. Bunga o’zimizning maqsadlarimiz yordam beradi. Har birimizning o’z maqsadlarimiz bor. Shu maqsadlarimizga erishish uchun ma’lum to’siqlarni yengib o’tishimiz kerak. Lekin ba’zan shu to’siqlarni yengib o’tishga bizning yomon odatlarimiz to’sqinlik qiladi. Masalan, boy bo’lishimizga pulni o’ylamasdan sarflash odatimiz, muvaffaqiyatli bo’lishga dangasaligimiz, baxtli oila qurishga bo’lar-bo’lmas narsalarga tezda jahl qilish odatimiz, yangi do’stlar orttirishimizga tortinchoqlik odatimiz xalal beradi va hakozolar. Va biz maqsadlarimizga erishish uchun ularni yaxshilari bilan almashtirishimiz kerak bo’ladi. Endi yana qog’ozga sizning maqsadlaringizga erishishga yordam berishi mumkin bo’lgan odatlarni yozib chiqing! Ular har kuni 1 soat kitob o’qish, ravon nutq so’zlay olish, ertalab erta turish, odamlarni tinglashni o’rganish, hech qachon ishonchni yo’qotmaslik, harakatdan to’xtamaslik, doim kulib yurish odatlari bo’lishi mumkin. Va yana qachondir biror yaxshi odatni shakllantirmoqchi bo’lsangiz yoki esingizga tushub qolsa, uni ham shu qog’ozga yozib quying ( yoki siz shakllantirmoqchi bo’lgan odatlarni telefoningizdagi “Qaydlar” ilovasiga yozib borsangiz ham bo’ladi). Shakllantirmoqchi bo’lgan odatlaringizni yozgan qog’ozni har kuni ko’zingiz tushadigan joyga joylashtiring. Bu sizga siz shakllantirmoqchi bo’lgan odatlarni eslatib turadi va sizni ruhlantirib turadi.

Endi birinchi raqamli odatingizni 21 kun davomida bajarishga o’zingizni majburlaysiz va u sizning odatingizga aylanadi. Keyin, ikkinchisiga, uchunchisiga, to’rtinchisiga o’tib shunaqa davom etqazaverasiz. Barcha niyat qilgan odatlaringizga erishganingizdan so’ng o’zingiz umuman boshqa odamga aylanganingizni sezmay ham qolasiz.

Do’stim erinchoqlikni, dangasalikni yig’ishtiring. Sizning qo’lingizdan hamma narsa keladi. Siz hamma narsani qila olasiz. Orzularingizga qarab to’xtamasdan harakat qiling. Shunda kelajakda erishgan yutug’ingizdan zavqlanib yashaysiz!

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *