Qanday qilib qoloq mamlakatda boy bo’lish mumkin?

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

“Mening taqdirimga kambagʻallik bitilgan” – qoloq davlatdagi juda koʻpchilik odamlar shunday oʻylashadi. Ammo, eng qoloq davlatlarda ham boy odamlar bor. Ehtimol, ular yomon yoki noqonuniy ishlar qilishadi. Balki, ularning ota-onasi mansabidan foydalanib koʻp pora olgan yoki davlat pulini oʻgʻirlagan siyosatchi, balki bu shunchaki omaddir. Keling ushbu maqolamda qanday qilib qoloq davlatda boy boʻlishni oʻrganamiz.

Qashshoqlikning maʼlum bir geografik joylashuvga umuman daxli yoʻq. Agar shunday boʻlganida, biror joyda faqat kambagʻallar va boshqa joyda faqat boylar boʻlardi, ammo, bunday emas. Chunki, eng rivojlangan mamlakatlarda ham millionlab kambagʻallar bor. Masalan, baʼzi bir statistik maʼlumotlarga qaraganda Amerikadagi odamlarning 70 % i dan koʻprogʻi bir oydan keyingi oygacha maoshlarini zoʻrgʻa yetkazarkan. Ammo dunyoning xatto eng qoloq davlatlarida ham boy odamlar koʻp. Bu haqida ham hech oʻylab koʻrganmisiz? Bundan nima xulosa qilishimiz mumkin? Menimcha bu juda oddiy. Pulning siz yashaydigan joyga hech qanday daxli yoʻq. Lekin bu yerda yana bir jumboqlik savol tugʻiladi. Agar shunday boʻlsa, nima uchun baʼzi qitʼalarda boshqalariga qaraganda kambagʻallar koʻproq? Nima uchun Yevropa va Amerikaga qaraganda Osiyo va Afrikada kambagʻallar koʻproq? Menimcha bunga atrof-muhit sababchidir. Buni yaxshiroq tushuntirish uchun keling sizga bir hikoya aytib beraman.

Bir kuni fermer togʻdan 3 ta burgut tuxumini olib kelib tovugʻining tuxumlariga qoʻshib quyibdi. Vaqt oʻtib joʻjalar ham burgut polaponlari ham tuxumni ochib chiqibdi. Burgut polaponlari har doim joʻjalar bilan yurar ekan, joʻjalar nima yesa oʻshani yer ekan, joʻjalar qanday yurishsa ular ham shunday yurar ekan va oʻzlarini xuddi joʻjalardek tutar ekan. Bu uch burgut polaponlari xuddi joʻjalardek katta boʻlib, butun hayotini xuddi joʻjalardek yashab oʻtqazibdi. Ular na uchishga na burgutdek yashashga jurʼat qila olishmabdi.

Bilaman bu hikoyaga osongina ishonasiz, chunki u qushlar hayotida yuz bergan. Lekin, bunga oʻxshash hodisalar hatto biz insonlar orasida ham sodir boʻladi. Xoʻsh, qoloq mamlakatlarda nima sodir boʻlgan? Siz 7 yoshga toʻlganingizda atrofingizda hamma odamlar kambagʻalligini payqaysiz. Bu odamlar faqatgina kambagʻal emas, balki ular oʻz kambagʻalliklariga boshqa birovlarni aybdor qilishadi. 7 yoshingizgacha siz bu odamlarni tushunmasligingiz mumkin, lekin 17 yoshingizgacha siz ham ularning biriga aylangan boʻlasiz. Xoʻsh siz bilan nima sodir boʻladi? Oʻspirin sifatida siz ota-onangiz, togʻa-amakilaringiz, oʻqituvchilaringiz, xullas hammaning oʻz kambagʻalliklari uchun boshqa birovlarni aybdor qilishayotganlarini eshitasiz yoki boshqalar kabi kambagʻallik bu sizning taqdiringizligiga ishona boshlaysiz. Keyin esa siz qanchalik kuchli ekanligingizdan qatʼiy nazar, siz ham xuddi ulardek fikrlay boshlaysiz. Qoloq davlatlarda oʻrtacha hisobda 21 yoshgacha boʻlgan kishilar ularni hukumat kambagʻal qilyapti yoki peshonamga kambagʻallik yozilgan deb oʻylashni boshlar ekan. Bunday odamlar kambagʻalliklaricha qolishadi va oʻz bolalariga ham kambagʻalcha fikrlashni singdirishadi. Qachonki siz kambagʻalligingiz uchun birovni ayblayotganingizda u xuddi siz “Bu mening aybim emas. Meni kambagʻal qilgan kishi kelsin va meni boy qilsin!” – deyotgan boʻlasiz. Qoloq davlatlarda koʻpchilik odamning kambagʻalliklariga birinchi sabab ular ulgʻayishayotganlarida ularning atrofidagi barcha odamlar kambagʻal boʻlishgan. Bu odamlar shunchaki atrofidagi barcha kambagʻal boʻlganliklari uchun kambagʻal boʻlib qolishmagan. Undan ham yomoni, ular oʻz kambagʻalliklariga boshqa birovni aybdor qilishadi va keyin esa bolalariga oʻz hayotlari uchun qanday qilib boshqa odamlarni aybdor qilishni qoyillatib oʻrgatishadi. Bunday odamlar oʻz bolalari kelajagini barbod qilishadi chunki, bolalari ham oʻz hayotlari uchun hech qanday masulyatni his qilmasdan katta boʻlishadi. Barcha kambagʻal jamiyatda katta boʻlishning yana bir muammosi, sizning hech qachon arzirli ustozingiz boʻlmasligidir. Chunki, barcha kambagʻal va ularning maslahatlari ham kambagʻallikka yetaklaydi, buni esa siz xohlamaysiz. Agar sizning atrofingizda barcha, ota-ongiz, qarindoshlaringiz, qoʻshnilaringiz kambagʻal boʻlsa, ularning maslahatlarini umuman olmang! Ularni yomon koʻring demayapman, shunchaki pul borasidagi maslahatlariga amal qilmang. Masalan, oilangizdagilar sizning institutda oʻqib diplom olishingizni istashadi, chunki siz diplom olmasangiz siz hayotda muvaffaqiyatli inson boʻla olmaysiz deyishadi. Ular sizga bankda ishlaganing yaxshiroq deyishadi. Menimcha esa siz oʻz bankingizni qurganingiz yaxshiroq. Siz kambagʻal yaqinlaringizning pul haqidagi maslahatlarini olish oʻrniga muvaffaqiyatli insonlarning maslahatlariga quloq tuting va kitoblardan pul haqida koʻp bilim oling.

Kambagʻal odam kambagʻallikni boshqalarga oʻrgatadigan boʻlsa, birinchi kambagʻal odam qanday paydo boʻlgan deyishingiz mumkin. Buning sababi dunyo changalzorga oʻxshaydi. Bu changalzorda kuchlilar kuchsizlarni yeydi. Odamzod paydo boʻlgandan beri millatlar oʻrtasida koʻplab urushlar boʻlib oʻtgan. Bir nechta davlatlar boshqa davlatning mustamlakachilari boʻlgan. Bu urushlar ularni faqatgina kambagʻal qilib quymagan, bu urushlar shunchaki jismoniy jihatdan odamlarga shikast yetkazmagan, balki ularning onglarini ham shikastlagan. Bir oʻylab koʻring! Erkak ayolni zoʻrlasa nima boʻladi? Erkak kishi buni shunchaki jismoniy harakat deb qabul qilishi mumkin, ammo ayal kishiga bu ruhiy jihatdan juda katta shikast yetkazadi. Zoʻrlash faqatgina 5 daqiqa davom etishi mumkin, lekin ayol kishi 50 yil yoki bir umr azobda yashashi mumkin. Bir mamlakat boshqasining ustidan koʻp yillar hukmronlik qilganda yoki mustamlaka qilib olganida ham xuddi shunday narsa sodir boʻladi. Menimcha bu birinchi kambagʻal odam qanday paydo boʻlgan degan savolga javob boʻla oladi. Ammo bu narsa sizning kambagʻal boʻlishingizga sabab boʻla olmaydi. Sizning ajdodlaringizning kambagʻalligi ularning ayblari emasligini tushunishingiz mumkin, agarda ular 30 yil yoki koʻproq yillar mobaynida qul boʻlishgan boʻlishsa. Ammo sizning kambagʻalligingizga sabab bu – oʻzingiz va oʻzingizni kambagʻallikdan ozod qilish imkoniyatingiz oʻz qoʻlingizda.

Millatning oʻzi qoloqligi va oʻzining qoloq fikrlashlarining farqiga bormaslik qoloq davlatlarda kambagʻallar koʻpligiga boshqa bir sababdir. Chunki koʻpchilik odamlar millatining qoloqligi va oʻzining qoloq fikrlashlarining farqiga borishmaydi, ular boy mamlakatlarga borishni xohlashadi. Masalan, juda koʻp Afrikaliklar Amerikada yashashni xohlashadi. Koʻp hindistonliklar Yevropaga koʻchib oʻtishni xohlashadi. Ammo boy mamlakatga koʻchib oʻtish sizning qoloq fikrlashingiz o’zgarishiga kafolat bermaydi, chunki xatto boy mamlakatlarda ham koʻpchilik hali ham kambagʻal. Sizga nima uchun qoloq davlatlarda koʻpchilik odamlar kambagʻalligini tushuntirishga harakat qildim, keling endi sizlarga qoloq davlatlarda qanday boy boʻlish mumkinligini aytib beraman:

  1. Atrofdagilaringizdan voz keching! Men ulardan butunlay voz kechib alohida yashang demayapman. Shunchaki agar ularning fikrlari salbiy boʻlsa, ularning maslahatlariga amal qilmang va ular bilan kamroq birga vaqt oʻtqazishga harakat qiling demoqchiman. Bizdan oʻzimizdan yoshi kattalarning gaplariga quloq solishimizni talab qilishadi, ammo bu notoʻgʻri. Hech qachon va hech qachon kambagʻal odamdan pul haqida maslahat olmang, bu faqatgina sizni kambagʻallikka yetaklaydi. Yaqinlaringizni seving lekin pul haqidagi maslahatlariga amal qilmang agarda ular kambagʻal boʻlishsa yoki salbiy fikr egalari boʻlishsa. Buning oʻrniga kutubxonaga borib boy va muvaffaqiyatli odamlar tomonidan yozilgan kitoblarni oʻqing. Oʻzingiz sevgan muvaffaqiyatli insonlarni kuzatib boring!
  2. Millatingiz fikrlashi va o’z fikrlashingizning farqiga boring. Mamlakatingiz qashshoq boʻlgani uchun shunchaki kambagʻal boʻlish kerak deb oʻylamang. Siz xatto qashshoq mamlakatda ham boy boʻlishingiz mumkin. Yuqorida aytib oʻtganimdek, boy boʻlish sizning qayerdan ekanligingiz yoki qayerda ekanligingizga bogʻliq emas. Boy boʻlish sizning aqlingizdan qanday foydalanishingizga bog’liq.
  3. Yarmi toʻla stakanni koʻring, yarmi boʻshini emas! Inson tabiati shundayki, u yomon vaziyatlarda yangi imkoniyatlarni qidirishni toʻxtatib quyadi. Agar siz qoloq mamlakatda yashasangiz mamlakatingizni yarim toʻla stakan sifatida koʻring, yarmi boʻsh stakani sifatida emas. Siz har doim oʻzingizni ijobiy fikrlashga majburlashingiz kerak va koʻzingiz koʻra olmayotgan juda koʻp imkoniyatlar borligiga ishoning. Siz boy boʻla olishingizga qattiq ishonishingiz kerak va shu borasida harakatlar qilishingiz kerak.

Agar sizga maqola yoqqan boʻlsa ularni yaqinlaringizga ham ulashing! Maqola boʻyicha fikr va takliflaringiz boʻlsa maqola tagida oʻz fikrlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. Maqolalarni yurakchalar bilan baholashni unutmang! Shunda sizning qiziqishlaringizga koʻra yaxshiroq maqolalar yozishga harakat qilaman.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *