Ma’lumotlar, bilim, tajriba, donishmandlik.

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Tasavurim bilimimdan kuchli, bilimda chegara bor tasavurda yo’q, lekin bilimim tasavurimni kengaytiradi.

Enishteyin

Agarda siz muvaffaqiyatli biznesmenga aylanmoqchi boʻlsangiz va moliyaviy erkinlikka erishmoqchi boʻlsangiz quyidagi juda oddiy, ammo juda ahamiyatli formuladan foydalanishingiz mumkin:

Maʼlumotlar → Bilim → Tajriba → Donishmandlik

Yuqoridagi formulaning tarifi quyidagichadir:

Biz maʼlumotlar olamiz, uni bilimga aylantiramiz, bilimimiz esa biz xohlagan narsalarga erishishga yoʻl ochadi, xohlagan narsamizga erishish davomida biz maʼlum bir tajribaga ega boʻlamiz, tajribamizni esa oʻz donishmandligimizga aylantiramiz. Bu formuladagi har bir jarayon bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlib ulardan biri boʻlmasa ikkinchi ham boʻlmaydi. Masalan, siz maʼlumotlar qabul qilmasangiz sizda bilim paydo boʻlmaydi, sizda bilim boʻlmasa biror narsaga qanday erishish mumkinligini koʻra olmaysiz, biror narsaga qanday erishishni koʻra olmasangiz siz unga intilmaysiz va sizda hech qanday tajriba yoʻq boʻladi, sizda tajriba yoʻq boʻlsa siz nima qilish kerak yoki nima qilish kerak emasligini bila olmaysiz. Shunday qilib ushbu formula boʻyicha harakat qilmasangiz siz hech qanday natijaga erisha olmaysiz.

Maʼlumotlar qidiring

Faydali maʼlumotlar qidiring. Bu yerda maʼlumotlar deganda biror bir videodan, maqoladan, kitobdan va hakozolardan olgan maʼlumotlaringizni aytyapman. Televizor koʻrishdan voz keching. Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtingizni bekor ketkazmang. YouTube da faqat sizga qimmatli maʼlumotlar bera oladigan va fikrlash doirangizni kengaytiradigan videolar tomosha qiling. Koʻp kitoblar oʻqing. Bilib qoʻying siz hech qanday foydali maʼlumotlar qabul qilmas ekansiz, sizda hech qanday bilim ham boʻlmaydi.

Maʼlumotlarni bilimga aylantiring!

Siz olgan maʼlumotlaringizga koʻra sizda maʼlum bir bilimlar paydo boʻla boshlaydi. Masalan, moliyaviy erkinlikka erishish haqida kitob oʻqisangiz, siz kitobdan olgan maʼlumotlaringizni tahlil qilib, oʻzingizga xulosalar chiqarasiz va oʻsha xulosalar sizning moliyaviy bilimlaringizga aylanadi.

Tajribaga ega boʻling!

Oʻzingizdagi bilimlardan foydalanmas ekansiz ular foydasizdir. Shuning uchun sizga real hayotda asqotadigan bilimlarni egallang va albatta ulardan biror orzuyingizga, maqsadingizga yoki rejangizga erishish uchun foydalaning. Shunda sizda tajriba paydo boʻladi.

Donishmandga aylaning!

Tajribalar albatta oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi. Siz biror narsaga erishguncha koʻplab xatolar qilishingiz mumkin. Mana shu xatolar sizga juda qimmatli tajribani beradi. Keyin esa siz nima qilish kerakligini, nima qilmaslik kerakligini fahmlay oladigan donishmandga aylanasiz.

Ahamiyat bergan boʻlsangiz “donishmand” soʻzi oʻrniga “aqlli kishi” soʻzini qoʻllasam boʻlar edi, lekin “donishmand” va “aqlli kishi” oʻrtasida farq bor. Bu farqni esa keyingi maqolalarimda tushuntirib beraman.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *