Boy bo’lishni nimadan boshlash kerak?

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o’lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o’lchanmaydi, boylik vaqt bilan o’lchanadi.

Robert Kiyosaki

Siz boy boʻlishni xohlaysiz va nimadan boshlashni yoki qanday boshlashni bilmaysizmi? U holda keling bu jarayonni bosqichma-bosqich birgalikda koʻrib chiqamiz.

Boy boʻlishingiz uchun sizga nima kerak boʻladi?

Boy boʻlishingiz uchun sizga passiv daromad oqimi kerak. Sizda bir nechta passiv daromad oqimi boʻlishi kerak va ularning sonini koʻpaytirib borishingiz yoki borlarini rivojlantirib borishingiz kerak. Shunda siz uxlayotganingizda ham sizning pullaringiz koʻpayaveradi va siz boyiysiz.

Qanday passiv daromad oqimiga erishsa boʻladi?

Passiv daromad oqimiga asosan 2 yoʻl orqali erishsa boʻladi:

  1. Muvaffaqiyatli biznesni yoʻlga qoʻyish va uni sizning boshqaruvingizsiz ham ishlay oladigan qilib tizimlashtirish.
  2. Muvaffaqiyatli, kelajakda oʻsib va rivojlanib boradigan biznesga investitsiya kiritish.

Qanday qilib muvaffaqiyatli biznesni yoʻlga qoʻyish yoki investitsiya kiritish mumkin?

Siz investitsiya kiritgan biznes muvaffaqiyatsizlikka uchrasa va yopilib ketsa siz investitsiya qilgan pullaringizdan ayrilib qolasiz. Shuning uchun siz investitsiya kiritmoqchi boʻlgan biznesingiz kelajagini oldindan koʻra olishingiz kerak. Biznes boshlash uchun esa yaxshi bir gʻoya kerak. Siz bunday gʻoyani necha yillardan beri topa olmadingiz? Topdingizmi yoki qachon topasiz? Balki, sizning biznesingiz bordir, lekin u qoniqarli natija bermayaptimi? Albatta yaxshi biznes gʻoya topish ham, topgandan keyin uni muvaffaqiyatli biznesga aylantirish ham juda mushkul ish.

Sezgan boʻlsangiz “investitsiya kiritmoqchi boʻlgan biznesingiz kelajagini oldindan koʻrishingiz kerak” yoki “yaxshi biznes gʻoya topish va uni muvaffaqiyatli biznesga aylantirish” deganda biz oddiy odamlarning miyasida katta boʻshliq bordek tuyiladi, sababi biz oddiy odamlar investitsiya kiritish uchun qaysi biznes kelajakda rivojlanib oʻsishiniyu qaysi biznes gʻoya yaxshi va muvaffaqiyatliligini bilmaymiz, aqlimiz ham yetmaydi. Shuning uchun biz “och qornim tinch qulogʻim” deb oʻzimiz qilgan ishimizni qilib yuraveramiz.

Boʻshliqni qanday toʻldirish kerak?

Agarda siz yashash tarzingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, boyroq va baxtliroq yashamoqchi boʻlsangiz biznesga oid, shaxsiy rivojlanishga oid koʻplab kitoblar, maqolalar oʻqishini, videolar va filmlar tomosha qilishni boshlashingiz kerak. Chunki bulardan olgan bilimlaringiz sizning miyangizdagi boʻshliqni toʻldiradi, uzoqni koʻra boshlaysiz, siz tushunmagan va bilmagan narsalarni anglay boshlaysiz.

Xulosa

Demak, biz boy boʻlishni avvalo ilm olishdan, dunyo qarashimizni kengaytirishdan, fikrlash tarzimizni oʻzgartirishdan boshlashimiz kerak ekan. Keling aziz doʻstim miyamizdagi boʻsh yotgan joyni foydali narsalar bilan toʻldiraylik va oʻz orzularimizni oʻz qoʻllarimiz bilan quraylik. Agar maqolalarim sizning miyangizdagi boʻshliqni bir oz toʻldira olayotgandek boʻlsa blogimni kuzatib borishda davom eting! Ha aytgancha kengi maqolalarimda biznesga va shaxsiy rivojlanishga oid eng yaxshi kitoblarni aytib oʻtaman.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *