Boy bo’lish uchun avval o’zingizga to’lang!

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Bu sirni haqida juda ko’pchilik odamlar bilishmaydi. Shuning uchun ular miyasini ishlashga majburlay olishmaydi. Natijada, ularning ongi o’sishdan yoki yangi g’oyalar o’ylab topishdan to’xtab qoladi. Boy odamalar esa bu sirni yaxshi bilishadi. Shuning uchun ular o’z onglarini rivojlanishga majburlay olishadi va ularga ko’plab yangi g’oyalar kelaveradi. Keling endi sizlarga bu sir haqida aytib beraman.

Siz har doim boshqalarga to’laysiz

Ko’pchilik odamlar bu gapni eshitishganida uni mutloqo noto’gri tushinishadi, ya’ni avval o’zimning sog’lig’im uchun, dam olishim uchun yoki vaqtichoqlik qilishim uchun to’lashim kerak ekan deb o’ylashadi. Aslida esa buning g’irt teskarisidir. Keling sizga uni soddagina qilib tushuntirib berishga harakat qilaman. Ko’pchilik odamlar oylik maoshlarini olishganida yoki ishlab pul topganlarida pullarini ro’zg’orga yoki o’z shaxsiy ehtiyojlariga sarflashadi. Ular bolalariga kiyim-kechak olib berishadi, elektir, suv, gaz, soliqlargaga to’lashadi, qarzlarini to’lashadi, dam olgani borishadi, mashina olishadi, uy olishadi va hakozlar. Ular kiyim-kechak olishganda sotuvchiga to’laydilar, elektir, suv, soliqqa to’lashganida ular davlatga to’laydilar, dam olgani borishganida sanatoriya yoki shunga o’xshash joyga to’lashadi, mashina olishganida avtosalonga to’lashadi, uy olishganida uy egasiga to’lashadi. Mana endi qiziq joyiga keldik.

O’zingizga to’lashni o’rganing!

Avval o’ziga to’lash bu – avval o’z kelajagi uchun to’lash degani. Yuqorida ko’pchilik odamlar qo’liga pul tushishi bilan avval boshqa odamlarga to’lashini bilib oldik. Bunday odamlar o’zlariga, ya’ni o’z keljaklari uchun oxirda to’lashadi (ko’pincha boshqalarga to’lagandan so’ng o’zlariga to’lashga hech vaqosi qolmaydi). Boy odamlar avval o’zlariga to’lashadi va ular shuning uchun boy, boshqalar avval boshqa odamlarga to’lashadi va boshqalarni boy qilishadi. Sizda “Qanday qilib o’zimga to’lashim mumkin ? ” degan savol paydo bo’lishi mumkin. Shunchaki, pullaringizni avval sizni kelajakda muvoffaqiyatga yetaklaydigan va boy qiladigan narsalarga sarflang. Masalan, sizning biznes va pul haqida bilimlaringiz yo’qmi, demak siz avval pullaringizni biznes va pul haqida kitoblar sotib olishga va maxsus kurslarga sarflashingiz kerak ( eng yaxshi investitsiya bu – bilimga kiritilgan investitsiyadir), sizda biznes va pul haqida bilimlar bormi, u holda siz avval o’z biznesingizni boshlash uchun pullaringizni sarflashingiz kerak (mashina yoki uy sotib olmasdan), sizning biznesingiz bormi, u holda avval uni yanada rivojlantirishga pul sarflashingiz kerak. Avval o’ziga to’lashning 2 ta foydali tarafi bor:

  1. Avval o’z kelajagingizni ta’minlaysiz, boshqalarnikini emas.
  2. Aqlingizni ko’proq ishlatishga majbur bo’lasiz.

Keling bu 2 foydali tarafini ko’rib chiqamiz.

Nima uchun avval o’z kelajagingizga investitsiya qilmaysiz (to’lamaysiz)?

Bir o’ylab ko’ring, nimaga endi avval o’z kelajagingizga investitsiya kiritmasdan boshqalarga to’lashingiz kerak? Axir bu siz orzu qilgan kelajakku. Nima uchun siz erishmoqchi bo’lgan orzularingizga, muvoffaqiyatlaringizga va maqsadlaringizga avval to’lashni xohlamaysizmi? Balki, endi sizning firkingiz o’zgargandir? Agar shunday bo’lsa, albatta, shu narsani o’zingiz odat qiling. Shunda o’z orzularingizga erishishingiz aniq.

Endi miyangiz ishlashga majbur

Xo’sh, siz avval o’zingizga to’ladingiz. Endi sizda ro’zg’or degan g’orga kamroq yoki umuman pulingiz qolmayapti. Hali bolalarga kiyim olib berish kerak, hali soliqlar, suv, elktir ga to’lash kerak. Endi siz xohlaysizmi yo’qmi miyangizni ishlatishga majbursiz, chunki sizda pul kam yoki umuman yo’q lekin xarajatlar ko’p. Shunda miyangizda savollar paydo bo’la boshlaydi – “Qanday qilib xarajatlarga pul topsam bo’lar ekan-a?”, “Soliqlarni nima qilsam ekan?”, “Bolalarga ham kiyim olib berish kerak?” va miyangiz bu muammolarni yechish uchun o’z-o’zidan yangi g’oyalarni qidira boshlaydi. Miyangiz yangi g’oya o’ylab topa oladimi yoki yo’g’mi bu ahamiyatsiz, chunki sizda juda oz pul qolgan bo’lsa ham yoki umuman qolmagan bo’lsa ham kuningiz baribir o’taveradi. Evaziga esa siz orzu qilgan baxtni, siz orzu qilgan muvoffaqiyatni, siz orzu qilgan boylikni olasiz.

Xulosa qilib aytganda, siz o’zingizga boshqalardan oldin to’lamas ekansiz orzularingizga erishish juda qiyin kechadi yoki umuman erisha olmaysiz. Sizga hozir qanday yashashingiz muhim emas, balki qolgan butun umringizda qanday yashashingiz muhimdir agarda siz ertaklardagi hayotni orzu qilgan bo’lsangiz. Shunday ekan bugundan boshlab birinchi bo’lib o’zingizga to’lashni boshlang.

Agar maqola sizga yoqqan bo’lsa va undan biror foydali narsa o’rgangan bo’lsangiz, albatta, maqolani yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *