Passiv daromad nima?

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Biznesda sen yoki pul topasan, yoki tajriba. Sen tajribani ol, pul esa o’zi keladi.

Garold Jenin

Passiv daromad bu – siz har kuni ishlamasangiz ham sizga oʻzliksiz kelib turadigan pul oqimi. Lekin bu pul oqimini hosil qilguncha ozroq yoki anchagina mehnat talab qilishi mumkin. Masalan, siz uy sotib olib ijaraga bersangiz uyingiz sizga passiv daromad keltira boshlaydi. Agarda siz oʻsib, rivojlanib boradigan biznesga investitsiya kiritsangiz u ham sizga passiv daromad keltiradi. Agarda sizning biznesingiz boʻlsa va biznesingizni boshqarishga boshqaruvchi tayinlagan boʻlsangiz va siz shunchaki har hafta yoki har oy xabar olib tursangiz, bu ham biznesingiz sizga passiv daromad keltiradi degani.

Boylar doim passiv daromadga erishishga harakat qilishadi, chunki ularda passiv daromad boʻlsa ularda boshqa bir passiv daromad keltiradigan tizim qurishga vaqtlari boʻladi va ular shunday qilib pul oqimlarini koʻpaytirib borishadi va millioner yoki milliarderlarga aylanishadi. Lekin bu unchalik oson emas. Buning uchun kishida katta bilim va uzoqni koʻra olish qobiliyati boʻlishi kerak. Kishi shunchaki kunlab, haftalab, oylab oʻylab yotgani bilan passiv daromad keltiradigan biror gʻoya topishi amrimahol. Shuning uchun koʻproq moliyaviy bilimga ega boʻlishga harakat qiling, chunki siz qancha koʻp moliyaviy bilimga ega boʻlsangiz siz oʻzingiz oʻylamagan koʻp narsalardan osongina foyda olish yoʻllarini koʻra boshlaysiz, har doim juda oson boʻlmasligi mumkin lekin har holda foyda olish yoʻllarini koʻra boshlashingiz aniq.

Blogimni kuzatib boring! Hali sizlar bilan bir nechta onlayn passiv daromad olish yoʻllarini ulashaman.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

gofur

Bir kuni tasodifan Robert Kiyosakining “Boy ota, Kambag’al ota” kitobini internetda ko’rib qoldim va uni o’qib chiqdim. U kitobni o’qib odam pul uchun emas, pul odam uchun ishlashi kerakligini tushunib yetdim. O’sha kundan e’tiboran pul uchun ishlashni to’xtatishga va pulni men uchun ishlashga majbur qilishga harakat qilishni boshladim. Bu borada ko’p kitoblar o’qiyapman, foydali videolar ko’rayapman, internetda kurslarga qatnashayapman va boshqa muvaffaqiyatli insonlarni kuzatib borayapman. Xullas pulni men uchun ishlashga majbur qilishga kerakli barcha bilimlarni olishga harakat qilayapman va bu bilimlarimni sizlar bilan ulashaman. Buning sababi kimningdir biznes boshlashiga yoki moliyaviy erkinlikka erishishiga sababchi bo’lsam juda xursand bo’laman, pallaning ikkinchi tomoni esa O’zbekistonimizda boylar qancha ko’p bo’lsa yurtimiz shuncha zo’r bo’ladi va gullab yashnaydi. Boylar ko’p joyda nima oson bo’ladi? Albatta, pul ishlash oson bo’ladi. G’ofur Nazarov

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *