Kalamushlar poygasi

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Kambag’al bo’lib tug’ilganing bu – sening aybing emas, agarda sen kambag’allikda o’lsang bu sening aybing!

Bil Geyts

“Kalamushlar poygasi” nima?

Bola dunyoga keladi. Ota-onasi unga mehr berib, katta orzular bilan uni katta qilishadi. Keyin ota-onasi uni maktabga yuborishadi. Unga yaxshi oʻqib institutga kirishini va uni bitirib obroʻli ishga joylashishini uqtirishadi. Bola maktabni va institutni aʼlo baholarga bitiradi. Ota-onasi bundan juda xursand boʻladi. Keyin u yaxshi ish qidiradi va ishlay boshlaydi. Keyin uylanadi. Kelin bola ham ishlasa daromadlari yana-da oshadi. Qanday baxtli oila! Endi ular farzandli boʻlishni, yangi va katta uyi boʻlishini, yangi mashina olishni xohlashadi. Shunda ularda yana ham koʻproq pulga ehtiyoj seziladi. Natijada ular yana ham koʻproq ishlab oʻz mansablarini va oylik maoshlarini oshirishadi. Ularning farzandlari katta boʻlgani sari ularga yana-da koʻproq pul kerak boʻla boshlaydi, chunki ular farzandlarining bogʻchasiga, maktabiga, institutiga, kiyim-kechaklariga, telefonlariga toʻlashlariga toʻgʻri keladi. Hali ularni uzatishi yoki uylantirishi va uy-joyli qilishi kerak. Shuning uchun ular yana-da koʻproq va yana-da qattiqroq ishlashga harakat qilishadi. Baʼzan koʻproq maosh olish uchun qayta oʻqishadi. Ular qancha koʻp maosh olsalar xarajatlari ham shunga praporsianal ravishda oʻsib boraveradi. Shu bilan ular pensiyaga yetay deb qoladi. Va eng yomoni ulardan keyingi avlod bilan ham xuddi shu narsa sodir boʻladi. Mana shuni “Kalamushlar poygasi” deyishadi. U xuddi it oʻz dumini tutmoqchi boʻlib bitta joyda aylanaverishiga oʻxshaydi. Odamlar ishlab pul topishadi va uni ishlatib yuboradilar keyin yana ishlashlariga toʻgʻri keladi. Ular bitta narsadan juda qoʻrqishadilar. Bu – ularning ishlaridir. Axir ishini yoʻqotishsa nima qilishadilar? Ular qora ishchi boʻlib ishlashni istashmaydilar, qolaversa ular bu ishga erishgunicha qancha umrlarini oʻqishga sarflaganlar. “Kalamushlar poygasi” ularning ongiga shunchalik singib ketganki, ular faqat bitta joyda aylanayotganlarini hech qachon anglab yetishmaydi.

Bu aylanani rasmda quyidagicha tasvirlash mumkin:

Ish. Maosh. Ehtiyojlar. Va yana ish.

Afsuski bu aylananing oxiri yoʻq. Shuning uchun ularning juda koʻpchiligi qanchalik katta maosh olmasin baribir moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelaveradilar.

Nima uchun odamlar “Kalamushlar poygasi” ga tushib qolishadi?

Bunga sabab bu bizning ota-onamiz va taʼlim tizimimiz. Chunki bizning ota-onamiz kambagʻal, shuning uchun ular kambagʻallarcha oʻylashadi. Ular bizni juda yaxshi koʻrishadi. Ular bizni qora ishchiga aylanib qiynalishimizni xohlashmaydi. Ular shuningdek biznesga kirib bor-budimizdan ayrilishimizdan, katta qarzga kirib ketishimizdan, kreditni toʻlay olmay qolishimizdan qoʻrqishadi. Yoki boʻlmasa ular biznes bu qalloblik, agarda sen yolgʻonchi boʻlmasang biznes qilolmaysan yoki biznes boshlash uchun juda katta pul kerak boʻladi degan fikr bu gʻoyani tamoman yoʻq qiladi yoki boʻlmasa bu narsaga bizning aqlimiz yetmaydi deyishadi. Ular eng xavfsiz tizimni maʼqul koʻrishadi, yaʼni oʻqi, ish top va pensiyaga chiqquningcha ishla, agar yaxshiroq va qattiqroq ishlasang pensiyang ham anchagina yaxshiroq boʻladi deyishadi. Bu ular uchun eng xavfsiz tizimdir. Ular tavakkal qilishdan juda qoʻrqishadi, chunki taʼlim tizimimiz bizni xato qilmaslikka oʻrgatishgan. Bizning taʼlim tizimimiz xatolarimizni kechirmaydi va har bir xatomiz jazolanadi. Shuning uchun ham biz xato qilmaslikka harakat qilamiz va tavakkal qilishdan juda qoʻrqamiz. Va yana oʻqi, ish top va yaxshi pensiya bilan nafaqaga chiq! Natijada bizning miyamiz ham oʻzi bilmagan holda shu xavfsiz tizimga programmalashib boradi. Holbuki, xato qilmagan kishi hech qachon biror narsani oʻrganmaydi, u shunchaki boshqalar fikriga tayanib ish koʻradi va hech qachon muvaffaqiyatga erishmaydi.

Sen tavakkal qilishni oʻylab oʻtirganingda kimdir tavakkal qilib muvaffaqiyatga erishadi.

Robert Kiyasaki

Biz tavakkal qilishdan qoʻrqmasligimiz kerak. Lekin bu oʻylab mulohaza qilmasdan tavakkal qilish kerak degani emas.

Bu tizimdan koʻpincha kimlar chiqib keta olgan?

Ha koʻpchiligimizga maʼlum, boylar koʻp holatlarda oʻsha ikkichi oʻrtoqlarimizdan chiqadi (va albatta juda koʻp qaloq odamlar ham). Chunki ularning miyalariga maktabdagi va uydagi hech bir gap kirmaydi. Shuning uchun ularning miyalari nimaga qiziqishsa shunga qoʻrqmasdan intilishadi. Ular xato qilishdan va tavakkal qilishdan qoʻrqishmaydi. Ular faqatgina yaxshi oʻqishni va yozishni va yana matematikani oz-moz bilsalar boʻldi. Shunday qilib ular oʻzlari yoqtirishgan ishlarini juda katta kompaniyaga aylantira olishadi. Masalan Bil Geytsni misol qilib olaylik. U kompyuter va dasturlashga juda qiziqqan. Lekin maktab imtihonlaridan yiqilgan. U tavakkal qilib endigina ish faoliyatini boshlayotgan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaradigan kompaniyaga ularga yangi operatsion tizim kerakligini bilib ularga oʻz operatsion tizimini taklif qiladi. Va ular taklifni jon deb qabul qilishadi. Qizigʻi shundaki oʻsha payt Bil Geytsda hech qanday operatsion tizim boʻlmaydi. U kelishuvdan keyingina doʻsti bilan operatsion tizim yaratishga kirishadi va qisqa muddat ichida buning uddasidan chiqishadi. Va hozirgacha Bil Geyts dunyoning eng boy odami sanaladi. Agar u bunday tavakkal qilmaganida balki hozir oddiygina dasturchi boʻlgan boʻlardi.

“Kalamushlar poygasi” dan chiqish vaqt keldi

Necha yoshingizgacha bu poygada qatnashmoqchisiz? Nafaqaga chiqqaningizchami? Balki poygadan chiqish vaqti kelgandir? Agar shunday deb hisoblasangiz keyingi maqolalarimni kuzatib boring.

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!