Buni farqlay olmasangiz siz hech qachon boy bo’lmaysiz

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Kichkina chiqimlaringizdan (xarajatlaringizdan) ogoh bo’ling, zero kechkinagina teshik ulkan kemani cho’ktirishi mumkin.

Benjamin Franklin

Boy boʻlish juda oddiy

Boy boʻlish qoidasi juda oddiy lekin buni aqlan anglab bajarish qiyin. Boylar yana-da boy boʻladi, chunki ular aktiv sotib oladilar. Kambagʻallar yana-da kambagʻallashadi, chunki ular passiv sotib olishadi. Qisqa qilib aytganda boy boʻlish uchun aktiv sotib olsang bas. Bu shunchalar oddiy. Lekin aktiv va passivni farqlash qiyin. Kambagʻallar ularni farqlay olmagani uchun ham boy boʻla olmaydi.

Aktiv nima? Passiv nima?

Keling sizga aktiv va passivning farqini oddiygina qilib tushuntirishga harakat qilaman. Masalan siz shahar markazidan koʻp qavatli binolardan uy sotib oldingiz. Agar siz oʻsha sotib olgan uyingizda yashasangiz, uyingiz siz uchun passiv boʻladi. Chunki siz gazga, elektrga, suvga, soliqqa va hakozolarga toʻlashingizga toʻgʻri keladi. Yaʼni uyingiz sizning choʻntagingizdan pullarni sugʻurib olayyapti. Agarda siz sotib olgan uyingizni ijaraga bersangiz, uyingiz siz uchun aktiv boʻladi. Chunki uyingiz endi sizning choʻntagingizga pul solyapti. Bundan tashqari vaqt oʻtgani sari uyingizning narxi oshib boradi. Bu ham sizning choʻntagingizga pul kiryapti degani. Masalan Dubayda yangi qurilgan koʻp qavatli uylardan boylar koʻp sotib olishgan ekan. Oradan 10 yil oʻtgach ularni 10 marta qimmatrogʻiga sotishgan ekan. Bir oʻylab koʻringa 30,000 $ ga uy sotib olsangiz u 10 yildan keyin 300, 000 $ ga aylansa. Mana haqiqiy daromad. Lekin passivni passiv daromad bilan adashtirmang. Passiv daromad nimaligini mana bu maqolamda oʻqishingiz mumkin. Mana sizga aktiv va passivning farqi. Boylar yana-da boy boʻladi, chunki ular nima aktiv ekanligini bilishadi va sotib olishadi. Kambagʻallar yana-da kambagʻallashishadi, chunki ular aktiv deb oʻylab passiv sotib olishadi. Chunki bunga ularning aqllari yetmaydi.

Kambagʻallar yangi mashinaga puli boʻlsa darrov mashina olishadi. Va bu ularga passiv boʻladi, hamma bilsa kerak mashinali boʻlish ancha xarajatlarga olib keladi. Boy boʻlmoqchi boʻlgan odam yangi mashinaga puli boʻlsa uni mashina olmasdan biror bir aktiv narsaga sarflaydi. Chunki u yaxshi biladiki, yangi mashina sotib olsa u boyroq koʻrinishi mumkin lekin boy boʻlmaydi, lekin aktiv sotib olsa boy ham boʻladi mashina ham sotib oladi.

Siz shu paytgacha nima sotib olgansiz? Aktivmi yoki passiv?

Bir oʻylab koʻringchi siz shu paytgacha qanday aktiv va qanday passivlarni sotib olgansiz? Agar siz shu paytgacha aktiv sotib olgan boʻlsangiz bu juda yaxshi. Agarda siz shu paytgacha passiv sotib olgan boʻlsangiz endi buni toʻgʻrilash vaqti keldi. Agarda siz biror aktiv sotib olishga pulim yetmaydi yoki qurbim yetadigan aktiv gʻoyalarni topa olmayapman desangiz blogimni kuzatib boring!

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *