Siz necha yoshingizgacha ishlamoqchisiz?

Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Yaxshi qaror – tajriba samarasi. Tajriba esa – yomon qarorlar samarasi.

Uolton Riston

Bizning xalqimizning quyidagi 2 xil sistema shunchalik qon-qoniga singib ketganki u xuddi faqat 2 xil rusumdagi robot ishlab chiqaradigan fabrikaga juda o’xshab ketadi. Bu ikki rusumdagi robotlar to buzilib qolgunlarigacha ishlashadi. Nega? Chunki ularning miyalari quyidagi 2 sistemalardan biriga programmalashgan:

  1. Maktabni bitiradi, institutga kiradi, biror kasb egasi boʻladi va butun umr ishlaydi.
  2. Maktabni bitiradi, qora ishchiga aylanadi va butun umr ishlaydi.

Koʻpchilik 1-sistemani juda yaxshi koʻrishadi va oʻzlaricha men oliy darajada hayot kechiryapman deb oʻylaydi. 2-sistema bilan programmalashgan odamlarning koʻziga ham 1-sistema juda yaxshi koʻrinadi va ular maza qilib yashashmayapti deb oʻylashadi. Lekin aslida ikkalalari ham butun umr ishlashadi, ikkalalarining ham har doim vaqti yoʻq boʻladi, ikkalalarining ham juda koʻp narsalarga puli yetmaydi. Shunday qilib ular “Kalamushlar poygasiga” tushib qoladi.

Muammo nimada?

Menga bir narsa juda kulgili tuyiladi. Barchamiz juda koʻp eshitganmiz. Ular quyidagilardir:

  • Men buxgalteriya boʻyicha ish qidiryapman.
  • Men soliq boʻyicha ish qidiryapman.
  • Sizlarda oʻqituvchilar uchun boʻsh ish oʻrni bormi?
  • Gʻisht terish boʻyicha ish bormi?
  • Beton quyishga ish bormi?
  • …. va hakozolar

Nimasi kulgili deb oʻylayotgandirsiz? Kulgilisi shundaki, odamlar oʻzlariga oʻzlari ish qidirishadi, keyin esa shu ishlaridan oʻzlari “Menga yaxshi oylik maosh toʻlashmayapti”, “Ish sharoiti juda yomon”, “Ishim ogʻir lekin maoshi juda kam”, “Ishim oʻzimga yoqmaydi” – deb nolishadi. Mana shu narsa ularning eng katta xatosidir. Yana ham aniqroq qilib aytganda siz faqatgina pul uchungina ishlamoqchisiz. Ha aynan mana shu “Pul uchun ishlash” sizning eng katta xatoyingizdir. Sizning kambagʻalligingizga sababchi boʻladigan narsa aynan mana shu. Sizga yoqtirgan ishingizni qilishga xalaqit beradigan narsa ham mana shu. Sizga farzandlaringiz tarbiyasiga yetarlicha vaqt ajratishga xalaqit qiladigan narsa ham aynan mana shudir. Va siz xohlagan joyingizga sayohatga chiqib dam ololmaysiz.

Xoʻsh nima qilish kerak?

Hech oʻylab koʻrganmisiz nima qilsam farzandlarimga koʻproq vaqt ajrata olaman, oʻz yoqtirgan ishim bilan shugʻullana olaman va xohlagan paytimda sayohatlarga chiqaman deb? Bu juda oddiy, shunchaki pul uchun ishlashni toʻxtating va pulni sizga ishlashiga majburlang. Shunda sizda koʻproq pul va koʻproq vaqt boʻladi. Shunda siz pul uchun emas, pul siz uchun ishlay boshlaydi. Albatta bu yerda juda katta toʻsiq bor. Uning nomi “Bilimsizlik”. Hatto siz maktabni ham, institutni ham qizil diplom bilan bitirgan boʻlsangiz ham siz bilimsizsiz. Nega deysizmi? Xush unda aytingchi sizga qizil atistat bergan maktabingizda va qizil diplom bergan institutingizda “Oliy maʼlumotli” boʻlgan boʻlsangiz nega unda siz hali ham pul uchun ishlayapsiz? Chunki sizga moliyaviy bilimlar yetishmayapti, siz moliyaviy tomondan bilimsizsiz, siz pulni qanday boshqarishni bilmaysiz, shuning uchun pul sizni boshqaradi.

Qanday qilib pulni oʻzimga ishlashga majburlashim mumkin?

Biznesmenga aylaning. Biznes qiling. Koʻplab passiv daromad manbasiga ega boʻling. Koʻpchilik oʻylashadi – “Buning uchun menda juda koʻp pul boʻlishi kerak yoki menda koʻp boʻsh vaqt boʻlishi kerak men esa hozir ishimdan ortishmayman yoki baribir bunga mening aqlim yetmaydi”. Lekin buning uchun sizga vaqt ham kerak emas, pul ham kerak emas, aqlli boʻlishingiz ham shart emas. Eng muhimi sizda kuchli xohish va ulkan shijoat boʻlsa bas. Shuni oʻzi sizga vaqt, pul va aqlni topib beradi.

“Qanday biznesmen boʻlaman? Qanday qilib bir soʻmsiz biznes boshlayman? Qanday qilib pulni oʻzimga ishlashga majbur qilaman?” – deb oʻylayotgan boʻlsangiz ushbu blogimni muntazam kuzatib boring va hoziroq youtube kanalim ga aʼzo boʻling! Men sizlarga qanday boy boʻlish, qanday qilib biznesmen boʻlish va biznes boshlash, pulni qanday boshqarish va qanday passiv daromadga erishish yoʻllarini oʻrgatuvchi maqolalar va videolar tayyorlab boraman.

Xoʻsh siz necha yoshingizgacha ishlamoqchisiz?

Shu savolni oʻzingizga berib koʻringchi. Balki endi siz pul uchun ishlashni xohlamassiz?

Ushbu maqola sizga qanchalik yoqdi?


Maqolani ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *